+998 (66) 234-99-64 | samarkand.vssb@ssv.uz

Yangiliklar

📌 Samarqand viloyat Situatsion markazida raqamlashtirish jarayonlari tahlil qilindi.

2026-06-25

🏛 Raqamli sog‘liqni saqlash markazi Samarqand viloyati filiali tomonidan o‘tkazilgan onlayn yig‘ilishda viloyat tibbiyot muassasalarida raqamlashtirish jarayonlari, DMED axborot tizimining joriy holati hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

📊 Yig‘ilish davomida tibbiyot muassasalarining raqamli tibbiyot tizimlaridan foydalanish darajasi, DMED platformasi modullarining joriy etilishi, elektron retseptlar ko‘rsatkichlari, tarmoq infratuzilmasi hamda raqamli xizmatlar qamrovi tahlil qilindi.

📌 Shuningdek, tibbiyot muassasalarini raqamli tibbiyot va DMED axborot tizimi bo‘yicha o‘rganish natijalari muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi.

‼️ Mazkur tahliliy ma’lumotlar va o‘rganish natijalari Raqamli sog‘liqni saqlash markazi Samarqand viloyati filiali rahbari Sh. Karimov tomonidan taqdim etildi.

🖥 Yig‘ilishda ayniqsa DMED axborot tizimining Kassa moduli bilan bog‘liq holatlar tanqidiy tahlil qilinib, ayrim tibbiyot muassasalarida ushbu modulning to‘liq joriy etilmagani va undan samarali foydalanilmayotgani qayd etildi. Mazkur holat raqamlashtirish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlanib, bu boradagi kamchiliklar juda jiddiy ekani Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S. Zayniyev tomonidan alohida qayd etildi.

📎 Yig‘ilish yakunida S. Zayniyev tomonidan raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish, DMED axborot tizimi modullaridan samarali foydalanish hamda mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔷️ Shuningdek, raqamlashtirish masalalari har hafta bir marta tanqidiy-tahliliy tarzda ko‘rib chiqilishi, har bir tibbiyot muassasasi rahbari mazkur yo‘nalish uchun shaxsan mas’ul ekani va belgilangan vazifalar ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.


SamSSV

Samarqand viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi rasmiy platformasi.

Samarqand shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 94-uy

Ijtimoiy tarmoqlar

+998 (66) 234-99-64

samarkand.vssb@ssv.uz

© 2025 - 2026 | www.samssv.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.

Ishlab chiqilgan: Обид Синдаров tomonidan.