9:00 dan 18:00gacha
9:00 dan 18:00gacha
+998 (93) 356-32-45
+998 (93) 356-32-45
samvssb@exat.uz
samvssb@exat.uz
"18.03.1994-yilda Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tug‘ilgan.
2023-yil 16-martdan hozirgi vaqtga qadar Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashkiliy kadrlar va insosn resurslarini rivojlantirish sho‘basi bosh mutxassisi"
"2009-2012 yy - Samarqand Huquqshunoslik kolleji talabasi.
2014-2018 yy - Samarqand davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakul’teti talabasi.
2019-2020 yy - Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i
2020-2020 yy - Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kotib referenti
2020-2021 yy - Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli maxsus “Tib-ta’minot”
bazasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i
2021-2023 yy - Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli maxsus “Tib-ta’minot”
bazasi yangilash va transportirovka qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi
2023 yildan - Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashkiliy kadrlar va insosn resurslarini rivojlantirish sho‘basi bosh mutxassisi"
Boshqarmada chiqarilayotgan Inson resurslariga oid barcha buyruqlar va hujjatlarni saqlash. Boshqarma xodimlariga mukofotlar, moddiy yordam pullarini belgilashda ularning mehnat intizomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan boshqarma rahbariyatini tanishtirish. Rahbariyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda ishchi xodimlarni chorak yakuni va bayramlarda rag‘batlantirish bo‘yicha buyruqlar tayyorlash. Quyi tashkilot va muassasalarga Inson resurslariga oid amaliy uslubiy yordam ko‘rsatish, ularni faoliyatini nazorat qilish monitoringini o‘tkazib boshqarma boshlig‘iga ma’lumotlarni taqdim etish. Inson resurslari bo‘yicha hisobotlarni tegishli muassasalarga va Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘z vaqtida taqdim etib borish. Mehnat munosabatlariga oid bahsga olib keluvchi munozaralar va masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi talablari asosida ko‘rib chiqish. Boshqarma xodimlarining mehnat shartnomalarini qonun asosida tuzilishi va uning muddatlari bo‘yicha yangilab borish. Inson resurslari bo‘yicha boshqarmada chiqarilayotgan barcha buyruqlarning mazmuni bilan tegishli xodimlarni tanishtirib borish. Inson resurslariga oid yig‘ma jildlarni boshqarmaning arxiviga belgilangan tartibda topshirish ishlarini olib borish.
© 2025 | www.samssv.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.
Ishlab chiqilgan: Obid Sindarov by Oqdaryo IT PARK tomonidan.